Apple kompaniyasi iPhone 7’ni Amerika patent byurosida rasman ro‘yxatdan o‘tkazdi, deya xabar bermoqda Dictat.
Samsung qo‘llayotgan egik displeylardan, nihoyat, Apple ham foydalanishga qaror qildi. Biroq bu displeylar ancha kattaroq ko‘rinish oldi va telefonning deyarli butun old yuzasini qopladi.
Bundan tashqari, kompaniya iPhone 7’da yoqut oynani qo‘llaydi, aynan u qavariq holatga keltiriladi va butun displey ustiga qoplanadi.
Nashr patentlangan chizmalarga qarab, bo‘lajak iPhone 7’ning tashqi ko‘rinishini tasvirladi. U taxminan shunday ko‘rinishga ega bo‘ladi.
Izoh (0)