“Kelajakka qaytib” filmidagi Marti Makflay roli ijrochisi Maykl Jey Foks Nike kompaniyasi tomonidan sovg‘a qilingan bog‘ichlari o‘zi bog‘lanadigan krossovkalarning ilk namunasini kiyib, sinab ko‘rdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Nike kompaniyasi bayonotiga ko‘ra, krossovkadagi tizim poyabzal egasining harakatlari asosida bog‘ichlarning qay darajada bog‘lanishi kerakligini tartibga solib turadi. Foks shaxsan o‘zi bu “aqlli sport poyabzali”ni sinovdan o‘tkazdi.
Texnologiyani amaliyotda sinab ko‘ranidan so‘ng, aktyor shunday dedi: “Bunga aql bovar qilmaydi. Haqiqatan ham ajoyib!”.
Izoh (0)