Afg‘onistonning Qunduz shahridagi “Chegara bilmas shifokorlar” kasalxonasiga uyushtirilgan hujum qurbonlari soni 23 kishiga yetdi. Bu haqda “TASS” xabar beradi.
Shu tariqa tashkilot yana bir nafar xodimining halok bo‘lganligini tasdiqladi.
Eslatib o‘tamiz, 3-oktabr kuni Amerika samolyoti yanglishib Qunduzdagi kasalxonaga nisbatan hujum uyushtirgan edi. AQSh ma’lumotlariga qaraganda, 22 kishi, shu jumladan, 12 nafar shifokor va hamshira, shuningdek, uch nafar bola qurbon bo‘lgan. Bir necha o‘nlab kishilar yaralangan. Pentagon, NATO va Afg‘oniston hukumati ushbu fojia holatlari yuzasidan surishtiruv olib bormoqda.
Izoh (0)