Rossiya, AQSh, Saudiya Arabistoni va Turkiya tashqi siyosiy idoralari rahbarlari Sergey Lavrov, Jon Kerri, Adel al-Jubayr va Faridun Sinirlio‘g‘li Venada Suriyaga bag‘ishlangan qariyb ikki soatlik muhokamani yakunladi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Nashr eslatishicha, avvalroq Avstriya poytaxtida Suriyadagi vaziyatni muhokama qilish uchun yig‘ilgan vazirlarning qator ikki tomonlama va ko‘p tomonlama uchrashuvlari bo‘lib o‘tgan edi.
Izoh (0)