Shvetsiya g‘arbida qilich bilan qurollangan niqobli kishi boshlang‘ich maktabga hujum qildi. Bu haqda “Yevropeyskaya pravda” xabar bermoqda.
Expressen nashri xabariga ko‘ra, hodisa Gyoteborgdan shimolda joylashgan Trolxetten shahrida yuz bergan. Hujum natijasida bir o‘qituvchi halok bo‘lgan, shuningdek, katta yoshli bir kishi va to‘rt o‘quvchi yaralangan.
Xabar berishlaricha, 11 va 15 yoshlardagi ikki o‘quvchining ahvoli, ular operatsiya qilinmoqda. Hodisa maktab qahvaxonasida yuz bergan, hujum vaqtida maktabda 400 o‘quvchi bo‘lgan.
Gumonlanuvchi politsiya xodimlari tomonidan hodisa joyida yarador qilingan, uning salomatligi qay ahvolda ekanligi haqida hozircha axborot yo‘q.
Izoh (0)