O‘zbekistonlik paralimpiyachilar Qatar poytaxti Dohada jismoniy imkoniyatlari cheklangan sportchilar o‘rtasida o‘tkazilayotgan yengil atletika bo‘yicha jahon chempionatida ilk g‘alabani qo‘lga kiritdi. “Gazeta.uz” xabariga ko‘ra, 21-oktabr kuni start olgan musobaqa 31-oktabrga qadar davom etadi.
Uzunlikka sakrash musobaqalarida qatnashayotgan Bekjon Chevarov musobaqalarning birinchi kunida 6,65 metr natija bilan bronza medalini qo‘lga kiritdi va ushbu ko‘rsatkich bilan Osiyo rekordini yangiladi.
Qayd etishlaricha, musobaqada 2016-yil Rio-de-Janeyroda bo‘lib o‘tadigan XV yozgi Paralimpiya o‘yinlarining yo‘llanmalari ham o‘ynalmoqda.
22-oktabr kuni yadro uloqtirish bahsida Paraosiyo o‘yinlari g‘olibi Mavlonbek Xaydarov, Paraosiyo o‘yinlarining yana bir g‘olibi Ma’rufjon Murodullayev 1500 metr masofaga yugurishda, Mansur Abdurashitov esa 100 metr masofaga yugurishda bahslarga kirishadi.
Izoh (0)