Moskva viloyatidagi Krasnogorsk shahrida sodir bo‘lgan otishmada, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ma’muriyat rahbarining birinchi o‘rinbosari Yuriy Karaulov va Krasnogorsk elektr tarmoqlari boshlig‘i Georgiy Kotlyarenko qurbon bo‘lgan. Bu haqda mintaqa huquqni himoya qilish organlaridagi manbalariga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.
Agentlik eslatishicha, avvalroq viloyat tergov boshqarmasi Krasnogorsk rahbarining birinchi o‘rinbosari hamda Kransogorsk elektr tarmoqlari boshlig‘i 19-oktabr, dushanba kuni kunduzi o‘z kabinetida otib ketilganini ma’lum qilgandi.
Qotillikda mahalliy biznesmen gumon qilinmoqda.
Izoh (0)