Bugun, 19-oktabr kuni professional tennischilarning haftalik yangi reytingi e’lon qilindi, deb xabar beradi “Olamsport”.
O‘zbekistonning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin o‘tgan haftadagi o‘rniga nisbatan bir yo‘la 14 pog‘ona ko‘tarilib, 53-o‘rinni egallab turibdi. Istomin 17-oktabr, shanba kuni yakuniga yetgan Toshkent “Chellenjer” turnirida bosh mukofot bilan birga qimmatli 125 reyting ochkosini qo‘lga kiritgandi.
O‘zbekistonning ikkinchi raqamli tennischisi Farrux Do‘stov esa 7 pog‘onaga ko‘tarilib, ayni paytda 127-o‘rinni band etgan. Do‘stov o‘tgan hafta Toshkent “Chellenjer”ida chorak finalga qadar yetib kelgandi.
Dunyo tennischilari reytingini esa hamon katta farq bilan serbiyalik Novak Jokovich boshqarib bormoqda. Ikkinchi o‘ringa britaniyalik Endi Marrey ko‘tarilib oldi. Shveysariyalik Rojer Federer esa uchinchi o‘ringa pastladi. Fransiyalik Jo-Vilfred Tsonga Shanxay Masters turnirida finalga yetib borgani bois, besh pog‘onaga ko‘tarilib, kuchli o‘ntalikka kirib oldi.
ATP reytingi:
1 (1). Novak Jokovich (Serbiya) — 167852 (3). Endi Marrey (Buyuk Britaniya) — 87503 (2). Rojer Federer (Shveysariya) — 84304 (4). Sten Vavrinka (Shveysariya) — 66305 (5). Tomash Berdix (Chexiya) — 48406 (6). Kei Nisikori (Yaponiya) — 47057 (7). Rafael Nadal (Ispaniya) — 43308 (8). David Ferrer (Ispaniya) — 38059 (9). Milosh Raonich (Kanada) — 282010 (15). Jo-Vilfred Tsonga (Fransiya) — 259053 (67). Denis Istomin (O‘zbekiston) — 825...127 (134). Farrux Do‘stov (O‘zbekiston) — 452
Izoh: Qavs ichida tennischilarning o‘tgan haftadagi o‘rni berilgan.
Izoh (0)