Filippin arxipelagining eng katta oroli — Lusonga Koppu tayfunining yopirilishi natijasida 10 ming kishi xavfsiz hududlarga ko‘chirildi. Bu haqda “Kommersant.ru” xabar bermoqda.
Reuters agentligining mamlakat favqulodda vaziyatlar vazirligiga asoslanib xabar berishicha, tabiiy ofat natijasida turar-joy uylari vayron bo‘lgan, yo‘llar va elektr uzatish tarmoqlari ishdan chiqqan.
Mamlakat shoshilinch xizmatlari bergan ma’lumotga ko‘ra, hozircha jabrlanuvchilar haqida axborot kelib tushmagan. Meteorologlarning prognoziga ko‘ra, tayfun Filippinda uch kungacha ushlanib qolishi mumkin.
Izoh (0)