Sayyoh sifatida Shimoliy Koreyaga borish ancha mushkul masala. U yerga faqat guruh tarkibida tashrif buyurish mumkin, shunda ham 24 soat kuzatuv ostida bo‘lishingiz aniq. Bu haqda “Yeah!” hikoya qiladi.
Mabodo o‘zingizcha qayergadir yo‘l olsangiz, mahalliy aholi bu yerlik emasligingizni darrov payqab, yaqin oradagi huquq-tartibot xodimiga yetkazadi. Qisqasi, bu mamlakat aslida qanday yashayotganini ko‘rish juda qiyin.
Shimoliy Koreya haqida ko‘plab afsonalar yuradi. Masalan, muzlatgichlarda oziq-ovqat mahsulotlari emas, kitoblar saqlanishi to‘g‘risida (elektr energiyasi juda qimmat). Bunday mish-mishlar nechog‘li haqiqatga yaqin ekanligini bilish hozircha amri mahol. Quyidagi fotosuratlar dunyodagi eng yopiq davlat to‘g‘risidagi tasavvurlaringizni biroz bo‘lsa-da, boyitishiga umid qilamiz.
Izoh (0)