Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe 2015-yilning 24—26-oktabr kunlari O‘zbekistonga tashrif buyuradi. Bu haqda, The Japan Times’ga asoslanib, UzDaily xabar bermoqda.
Xabar berishlaricha, tashrif davomida Sindzo Abe qabrlari O‘zbekistonda joylashgan yaponiyalik harbiy asirlarni xotirlaydi.
Bundan tashqari, Yaponiya bosh vaziri ta’mirdan chiqqan Toshkentdagi Alisher Navoiy nomli Davlat akademik opera va balet teatrining ochilish marosimida qatnashadi, bu yerda Abe sharafiga qabul tashkil etiladi.
Qayd etish joiz, Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe 2015-yilning 22—28-oktabr kunlari davomida Markaziy Osiyo mamlakatlari — Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekistonda bo‘ladi.
Izoh (0)