Rossiya fuqaroligini olgan mashhur amerikalik bokschi Roy Jons 90,71 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida, Jahon boks assotsiatsiyasi (WBA)ning versiaysi bo‘yicha (“super” qo‘shimchasi bilan) jahon chempionligi unvoniga ega bo‘lish uchun 12-dekabr kuni Moskvada jang qiladi. Bu haqda uning promouteri Vladimir Hryunov bergan ma’lumotiga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Promouter Hryunovning ta’kidlashicha, keyingi hafta Moskvada matbuot anjumani o’tkaziladi va unda ayni paytda viza olayotgan uning raqibi bilan uning o‘zi ishtirok etadi. Jang WBA’ning “super chempion” unvonini egallash uchun o‘tkaziladi. Uchrashuv “VTB Ledoviy dvores” maydonida, 12-dekabrda bo‘lib o‘tadi.
Ayni paytda (2012-yildan buyon) “muvaqqat” jahon chempioni unvonini rossiyalik Denis Lebedev egallab kelmoqda.
O‘z vaqtida Roy Jons vazn toifasidan qat’i nazar jahonnong eng kuchli bokschisi hisoblangan. U to‘rtta vazn toifasi bo‘yicha jahon chempioni bo‘lishga erishgan. Jons noyob yutuqni qo‘lga kiritgan bo‘lib, u – o‘rta, ikkinchi o‘ta, yarim og‘ir va og‘ir vazn toifalari bo‘yicha chempionlik kamarlarini yutib olgan yagona bokschi hisoblanadi. Professional ringdagi faoliyatida uning hisobida jami 62 ta g‘alaba (shundan 45 tasi nokaut bilan) va sakkizta mag’lubiyat mavjud.
Izoh (0)