Misr sudi mamlakat sobiq prezidenti Husni Muborakning o‘g‘illari — Al’a va Gamal ozodlikdan mahrum etish davrini dastlabki hibs vaqtida o‘tab bo‘lgan deb hisoblash haqida qaror chiqardi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Qohira sudi 2015-yilning 9-may kuni Husni Muborakning o‘g‘illarini “Saroylar ishi” deb atalgan jinoyat ishi bo‘yicha aybdor deb topib, ularni uch yilga ozodlikdan mahrum etgandi. Ayblanuvchilar prezident qarorgohlarini ta’mirlash uchun ajratilgan davlat mablag‘larini o‘zlashtirish bo‘yicha firibgarliklarni amalga oshirgan.
Sobiq prezident o‘g‘illarining advokatlari sud qarori ustidan shikoyat qilgan, xususan, advokat Farid ad-Dib Al’a va Gamal jazo muddatini hibsda o‘tkazib bo‘lgani, ular belgilangan jazo muddatidan ko‘proq — uch yil, olti oy va 18 kun davomida hibsda bo‘lganini qayd etib o‘tgandi. Bundan tashqari, sudlanuvchilar davlatga yetkazilgan barcha zararni qoplab bergan.
Izoh (0)