2015-yil uchun tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti “Tunisdagi milliy muloqot kvarteti” tashkilotiga topshiriladi. Bu haqda 9-oktabr, juma kuni Norvegiya Nobel mukofoti qo‘mitasi raisi Kasi Kullmann Five ma’lum qildi, deya xabar beradi “RIA Novosti”.
“2013-yili, mamlakatdagi demokratiya jarayonlari xavf ostida qolgan paytda tashkil etilgan “Kvartet” Tunis fuqarolik jamiyatining eng muhim to‘rt tashkilotini o‘z ichiga oladi, — deya ta’kidlanadi qo‘mita tomonidan tayyorlangan press-relizda. — Uning faoliyati tufayli Tunis fuqarolari, siyosiy partiyalar va davlat tizimlari o‘rtasida muloqot yo‘lga qo‘yildi. Buning natijasida Tunisda zo‘ravonliklarga chek qo‘yish imkoni tug‘ildi”.
Shved ixtirochisi Alfred Nobel istagiga ko‘ra, tinchlikni mustahkamlashdagi xizmatlari uchun mukofot Stokgolmda emas, Osloda e’lon qilinadi va topshiriladi. Jami beshta yo‘nalishdagi laureatlarni taqdirlash marosimi esa doim bir kunda — 10-dekabr, Nobel vafot etgan sanada o‘tkaziladi.
Izoh (0)