Turkiya Rossiya harbiy samolyotlari mamlakat havo chegaralarini buzganligi bilan bog‘liq mojarolar tufayli ushbu davlatdan gaz xarid qilishni to‘xtatishi mumkinligini bildirmoqda. Bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Yaponiyaga jo‘nab ketishi oldidan ma’lum qildi, deya xabar beradi “Gazeta.ru” .
“Biz Rossiya gazining birinchi raqamli xaridori hisoblanamiz. Bunday xaridorni boy berish Rossiya uchun jiddiy yo‘qotish bo‘lishi aniq. Turkiya gazni boshqa joylardan ham sotib olishi mumkin”, — deya ogohlantirgan Erdo‘g‘on.
Erdo‘g‘on turk rasmiylari Rossiya loyihasi asosida bunyod etilishi rejalashtirilgan “Oqquyu” atom elektr stansiyasi bilan ham shunday yo‘l tutishlari mumkinligini aytib o‘tdi. “Agar ruslar “Oqquyu” AESni qurmasa, ularning o‘rniga boshqasi kelib, bu loyihani amalga oshirishi mumkin”, deya ta’kidlagan prezident.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Turkiya prezidenti Rossiya bilan do‘stona munosabatlarga putur yetishi mumkinligi to‘g‘risida ogohlantirgan edi.
Izoh (0)