BMT Bosh Assambleyasi sobiq prezidenti hamda Antigua va Barbuda doimiy vakili Jon Esh hibsga olindi, deya xabar bermoqda “RIA Novosti”.
Nashr eslatishicha, 6-oktabr kuni u Nyu-York prokuraturasi tomonidan xitoylik biznesmenlardan jami 1,3 million dollarlik pora olganlikda ayblangan edi. Xususan, 500 ming dollarlik mukofot puli evaziga Esh BMT Bosh kotibiga Makaoda BMT anjumanlar markazi qurish zaruriyati haqida guvohlik beruvchi hujjatlarni tayyorlab bergan.
Naqd puldan tashqari, unga Rolex soati, BMW avtomobili “sovg‘a qilingan”, uyi hududida 30 ming dollarlik basketbol korti qurib berilgan.
Ayblovlar Eshdan tashqari, yana to‘rt biznesmenga nisbatan ilgari surildi, ular ushbu korrupsiya sxemasiga aloqadorlikda gumonlanmoqda.
Izoh (0)