Turkiya tashqi ishlar vazirligi mamlakat havo hududlari qoidasini buzganligi uchun noroziligini izhor etish maqsadida Rossiya elchisini chorladi. Bu haqda Reuters ma’lumotiga asoslanib, “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Elchini chorlashdan maqsad bu kabi voqealarni boshqa takrorlamaslikka chaqirishdir.
Vazirlikning qayd etishicha, Rossiya harbiy samolyotlari 3-oktabr, shanba kuni Suriya chegarasidan uncha uzoq bo‘lmagan joyda Turkiya havo hududi qoidalarini buzgan, qo‘lga olish paytida Turkiya harbiy-havo kuchlarining ikkita F-16 qiruvchi samolyoti havoga ko‘tarilgan edi.
Izoh (0)