Indoneziyalik qutqaruvchilar Aviastar aviakompaniyasining o‘tgan hafta yo‘qolib qolgan samolyoti bo‘laklarini topdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Samolyot 2-oktabr kuni Indoneziya sharqida yo‘qolib qolgandi. Kichik motorli samolyot bortida 10 kishi — ekipajning uch a’zosi, yetti yo‘lovchi, xususan, uch nafar bola bor edi.
Aviakompaniya vakillarining ma’lum qilishicha, havo kemasi Sulavesi orolining Masamba va Makassar shaharlari oralig‘ida parvoz qilayotgan vaqtda dispetcherlarning samolyot bilan aloqasi uzilib qolgan.
Indoneziya milliy qidiruv-qutqaruv boshqarmasi vakilining ma’lum qilishicha, Twin Otter samolyoti bo‘laklari Sulavesi janubidagi Latimojong tog‘idan topilgan.
Ma’lumot uchun, Aviastar Indoneziyada ichki parvozlarni amalga oshiruvchi aviakompaniya hisoblanadi.
Izoh (0)