Gvatemalaning Santa-Katarina-Pinula munitsipalitetidagi toshqin qurbonlari soni 10 kishiga yetdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
OAV tomonidan namoyish etilgan kadrlarda qiyaliklardan qishloq tomonga bir necha metr balandlikdagi loyqa suvni oqib tushayotganiga guvoh bo‘lish mumkin. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 90 ta turar-joy binosi butkul yakson bo‘lgan, o‘nlab uylar zarar ko‘rgan. Voqea joyida hukumat qurolli kuchlari vakillari va ko‘ngillilardan iborat guruh qutqaruv ishlarini olib bormoqda.
BMT va Meksika Gvatemalaga yordam berishga tayyorligini bildirgan.
Izoh (0)