O‘zbekistonning ikkinchi raqamli tennischisi Farrux Do‘stov Turkiyaning Agri shahrida davom etayotgan “Chellenjer” turkumiga kiruvchi, mukofot jamg‘armasi 42 ming 500 yevroni tashkil etgan turnirning finaliga yo‘l oldi, deb xabar beradi “Olamsport”.
Bugun, 3-oktabr kuni Farrux final chiptasi uchun Konstantin Kravchukka qarshi kortga chiqdi. Unda Do‘stov ikki setda 7:6 va 6:2 hisobida raqibdan ustun keldi va final yo‘llanmasiga ega chiqdi.
Ikkinchi yarim finalda Saket Mineni Denis Molchanovni uch setda mag‘lub etdi — 6:3, 3:6, 7:6.
Musobaqaning finali 4-oktabr kuni bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)