Nobel mukofotiga qo‘shib beriladigan mablag‘ 2015-yilda rasmiy jihatdan o‘zgarmadi va avvalgi ikki yildagi kabi 8 million kronani tashkil qildi, deb yozadi “TASS”.
Biroq Shvetsiya kronasi kursi dollarga nisbatan pasayishi tufayli, ushbu summa 2001-yildan buyon birinchi marta 1 million dollardan kamroq bo‘ladi va 950 ming dollarni tashkil etadi.
Nobel jamg‘armasi ijrochi direktori Lars Xaykensten fikricha, laureatlar uchun pul emas, nufuz birinchi o‘rinda.
Nashr eslatishicha, 2012-yilda moliyaviy inqiroz va jamg‘armaga yetayotgan zararlar tufayli mukofot hajmi 10 dan 8 million kronagacha kamaytirilgan edi. Biroq o‘sha yili bu summa 1,2 million dollarga teng bo‘lgan.
Izoh (0)