Hindistonda uyida mol go‘shti yeyishi gumon qilingan erkak toshbo‘ron qilib o‘ldirildi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Hodisa Uttar-Pradesh shtatining Dadri shahrida bo‘lib o‘tgan. Bir guruh erkaklar kechki payt 50 yoshli Muhammad Ahloqqa hujum qilib, uni avval tepkilagan, so‘ng toshbo‘ron qilgan. Hujum oqibatida marhumning 22 yoshli o‘g‘li ham jiddiy jarohat olgan.
Ahloqning oilasi uyda mol emas, qo‘y go‘shti saqlaganini aytgan. Politsiya go‘shtni ekspertizaga jo‘natdi. Qotillikda gumon qilinib, olti kishi hibsga olingan. Bunga qarshi chiqqan mahalliy aholi bilan politsiya xodimlari o‘rtasida to‘qnashuvlar ro‘y berdi.
Uttar-Pradesh mol so‘yish, go‘shtini iste’mol qilish yoki sotish man etilgan qonunlar qabul qilingan Hindistondagi 11 ta shtat qatoriga kiradi.
Izoh (0)