Rossiyaning Tambov viloyatidagi Kotovsk shahrida joylashgan porox zavodi hududida portlash yuz berdi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, portlash oqibatida besh kishi jabrlangan. Viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi vakillari jabrlanuvchilar soni yanada oshishi mumkinligi ehtimolini inkor etmadi. Portlash oqibatida ishlab chiqarish binolaridan biri to‘liq vayron bo‘lgan, yana ikkitasi qisman qulagan.
Hodisa joyida qutqaruvchilar va boshqa maxsus-shoshilinch xizmatlarning xodimlari ish olib bormoqda. Hodisa sabablari o‘rganilmoqda. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa mahsulot ortilgan yuk mashinasining portlashi oqibatida yuz bergan.
Izoh (0)