O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov joylarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari bilan tanishish maqsadida 29-sentabr kuni Namangan va Farg‘ona viloyatlarida bo‘ldi, deya xabar bermoqda O‘zA.
Prezident Namangan viloyatiga safarini Mingbuloq tumanidagi “Baraka” fermer xo‘jaligi bilan tanishishdan boshladi. Islom Karimov mazkur fermer xo‘jaligi dalasida fermerlar bilan suhbatlashdi.
Joriy yilda viloyatda 79 ming gektar maydonda g‘alla ekilib, 500 ming tonnaga yaqin hosil ko‘tarildi. Bugungi kunda 82 ming 600 gektar maydonda yetishtirilgan paxta yig‘ib-terib olinmoqda.
Prezident Uychi tumanidagi “Obod zamin” fermer xo‘jaligi dalalariga ham tashrif buyurdi. Mazkur xo‘jalik ishchilari bu yil g‘alladan 75 sentnerdan xirmon ko‘targan. Shu kunlarda yetishtirilgan mo‘l paxta hosili yig‘ib-terib olinmoqda.
Davlat rahbarining Farg‘ona viloyatiga safari davom etmoqda.
Izoh (0)