Yamanning janubi-g‘arbidagi to‘y tadbirida sodir etilgan ikki aviahujum natijasida halok bo‘lganlar soni 131 kishiga yetdi, deb xabar beradi “TASS”.
Halok bo‘lganlardan ko‘pchiligi ayollar va bolalar bo‘lib, o‘nlab odamlar jabrlangan.
Hodisa 28-sentabr, dushanba kuni yuz berdi. Manbalarda ma’lum qilinishicha, aviahujum Saudiya Arabistoni boshchiligidagi koalitsiya tomonidan amalga oshirilgan.
Yaman hukumati vakili aviahujum “yanglishib” amalga oshirilganligini, aslida isyonchi xusiylar tarafdorlari nishonga olinganligini ma’lum qildi. Saudiya Arabistoni hukumati aviahujumlarga koalitsiya kuchlarining aloqasi yo‘qligini e’lon qildi.
Izoh (0)