Makka yaqinidagi Mino vodiysida ziyoratchilarning to‘planib qolishi oqibatida yuzaga kelgan tiqilinch tufayli kamida 310 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda, Saudiya Arabistoni fuqaro muhofazasi boshqarmasiga asoslanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Oldinroq 204-ko‘chada ro‘y bergan tiqilinch oqibatida 220 kishi halok bo‘lgani, 4000 qutqaruvchi va shifokor hodisa joyida ishlayotgani xabar berilgan edi.
CNN telekanali bergan xabarga ko‘ra, tiqilinch haj marosimlaridan biri — shaytonga tosh otish vaqtida ro‘y bergan. Marosim vaqtida 100 minglab odamlar bir joyga to‘planib qolgan.
Haj amallarini bajarish 22-sentabr, seshanba kunidan boshlangan.
Izoh (0)