Moskvaning Basmanniy sudi firibgarlik va jinoiy guruh tuzishda ayblanayotgan Komi Respublikasi rahbari Vyacheslav Gayzerni 18-noyabrga qadar qamoqqa olishga sanksiya berdi. Sudya Artur Karpov “Gayzerga nisbatan hibsga olish chorasi qo‘llansin”, deya sud qarorini e’lon qildi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya Tergov qo‘mitasi Gayzer va uning o‘rinbosari Aleksey Chernovga jinoiy guruh tuzish hamda firibgarlik bo‘yicha ayblov e’lon qilgan.
Komi Respublikasi rahbari sud majlisida o‘z aybini tan olmadi.
Izoh (0)