Rossiya tashqi ishlar vazirligi Liviyada rus tankeri va uning ekipaji qo‘lga olinishini qonunga zid deb hisoblaydi hamda Tripoli rasmiylaridan ularni zudlik bilan ozod etilishini talab qiladi. Bu haqda TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova bayonot berdi, deya xabar qiladi Meduza.
Rossiyaning “Mexanik Chebotarev” tankeri Liviyada qo‘lga olingani to‘g‘risida 17-sentabr, payshanba kuni ma’lum bo‘ldi. Tripolini nazorat qilayotgan, o‘zini mahalliy hokimiyat sifatida e’lon qilgan hukumat vakillari 12 kishidan iborat kema ekipajini Zuara portidan neftni kontrabanda qilishga urinishda aybladi.
Kema egasi bo‘lgan Oil Marine Group kompaniyasi bu ayblovlarni qat’iyan rad etgan va tanker bo‘sh bo‘lganini ta’kidlamoqda.
Izoh (0)