Toshkentdagi Wyndham (sobiq Dedeman) mehmonxonasi yonidagi, UMS mobil aloqa operatori bosh ofisi qarshisidagi ko‘p qavatli binoda katta yong‘in yuz berdi. Alanga ichida qolgan bino suratlari 18-sentabr, Toshkent vaqti bilan 19:00 atrofida ijtimoiy tarmoqlarda paydo bo‘lgan.
Facebook’dagi “Potrebitel.uz” guruhida e’lon qilingan suratlarda binoning bir qismi bo‘yiga yonayotganini ko‘rish mumkin. Hodisa nima sababdan ro‘y bergani hozircha ma’lum emas.
Yong‘in kelib chiqqan vaqtda bino ichida qancha odam bo‘lgan-bo‘lmagani, jabrlanganlar haqida hozircha aniq ma’lumot yo‘q. Shahar yong‘in xavfsizligi xizmati xodimlari ofatni bartaraf etishga kirishgan.
Izoh (0)