Chili sohillarida 6,3 magnitudali yana bir zilzila sodir bo‘ldi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
Yer qimirlashi 18-sentabr, juma kuni Toshkent vaqti bilan 14:10 da qayd etildi. Zilzila epimarkazi Valparaiso shahridan 90 kilometr shimoli-g‘arbda joylashganligi aniqlandi.
Qurbonlar va vayronagarchiliklar haqida ma’lum qilinmadi.
Eslatib o‘tamiz, Chili markaziy sohillarida 17-sentabrga o‘tar kechasi yuz bergan 8,3 magnitudali zilzila kuchli sunamini keltirib chiqardi. Bir milliondan ziyod kishi evakuatsiya qilindi.
Izoh (0)