Tojikiston Ichki ishlar vazirligi 16-sentabr, chorshanba kuni isyonchi general Abduhalim Nazarzodaning o‘ldirilganligini rasman tasdiqladi. Bu haqda “Tengrinews.kz” vazirlik sayti ma’lumotiga tayanib xabar beradi.
“2015-yilning 16-sentabr kuni, 14:00 da Hoji Halim Nazarzoda guruhini yo‘q qilish bilan bog‘liq aksilterrorchilik operatsiyasi to‘liq yakuniga yetkazildi. Bir yarim sutka davom etgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida terrorchilar Romit darasidan o‘ng tomonda, Vahdat shahridan 110 kilometr masofada qurshovga olindi. Muzokaralar olib borishga urinish natija bermadi, terrorchilar qarshilik ko‘rsatishda davom etdi. Javob hujumlari natijasida Hoji Halim Nazarzoda, Junaydullo Umarov va yana o‘n nafar uning tarafdorlari otib o‘ldirildi”, — deyiladi IIV xabarida.
Maxsus operatsiya ishtirokchilaridan birining ma’lum qilishicha, Nazarzoda yaqin masofadan otib o‘ldirilgan.
Eslatib o‘tamiz, Ramit darasidagi harbiy to‘qnashuvlarda “Alfa” maxsus bo‘linmasi qo‘mondoni Rustam Amakiyev halok bo‘ldi.
Izoh (0)