Makkadagi Al Haram masjidiga qulab tushgan kran Saudi BinLaden Group nemis qurilish kompaniyasiga tegishli bo‘lib, ushbu kompaniyaning egasi Usama ben Ladenning oilasi hisoblanadi. Bu haqda “Kommersant.ru” xabar beradi.
Daily Mail nashrining ma’lum qilishicha, quruvchilar machitning maydonini kengaytirish bo‘yicha 14 milliard dollar qiymatidagi loyihani amalga oshirayotgan edi.
Eslatib o‘tamiz, 11-sentabr kuni Makkadagi Al Haram masjidiga minorali kran qulab tushgan edi. Bu paytda u yerda yuzlab ziyoratchilar bo‘lgan.
Izoh (0)