Shimoliy Koreya 10-oktabr yoki shunga yaqin sanada yangi qit’alararo ballistik raketani sinovdan o‘tkazadi. Janubiy Koreya mudofaa vazirligi mamlakat parlamentiga taqdim etgan ma’ruzada shunday xulosa bildirilgan, deya xabar beradi “TASS”.
“Raketa Koreya Mehnat partiyasining 3-oktabrda nishonlanadigan 70 yillik sanasiga bag‘ishlab Pxyonan-Pukto provinsiyasidagi Tonchxan-ri poligonidan uchirilishi mumkin”, — deyiladi hujjatda.
Oldinroq Yonhap KXDR uzoq masofaga uchiriladigan raketalar uchun Xitoy bilan chegarada yangi majmua qurilishini deyarli yakunlagani haqida xabar bergan edi. Tonchxan-ri poligonida 2012-yili "Kvanmyonson" aloqa sun’iy yo‘ldoshini koinotga olib chiqqan 30 metrli “Inxa-3” raketasidan ko‘ra ikki barobar kattaroq qurilmalarni uchirish imkoniyatini beruvchi 67 metrli maydon barpo etilgan.
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, Pxenyanda 10-oktabr kuni dabdabali harbiy parad o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Izoh (0)