Rossiyaning Tyumen shahrida ko‘p qavatli uyning to‘rtinchi qavatidan tushib ketgan olti yoshli qizchani o‘tkinchi erkak tutib oldi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, 9-sentabr kuni o‘z uyida mehmon bo‘lib turgan nevarasini yolg‘iz qoldirib, do‘konga chiqib ketgan. Qizcha uyg‘onib, uyda bir o‘zi qolganini bilgach, oshxona derazasini ochib, buvisini chaqirishni boshlagan.
“Biroq beo‘xshov harakati sabab, to‘rtinchi qavat derazasidan pastga tushib ketgan. Qizchaga va uni qutqarib qolgan erkakka tan jarohati yetmagan. Qizcha tez yordam mashinasida kasalxonaga yetkazilgan”, — deyiladi mahalliy politsiya axborotida.
Qayd etishlaricha, hozirgi vaqtda qizchaning buvisiga nisbatan tekshiruv ishlari boshlangan.