Dunyodagi eng semiz odam nomi bilan mashhur bo‘lgan britaniyalik Pol Meysonning amerikalik Rebekka Mauntinga bo‘lgan muhabbati uning 305 kilogramm vaznini tashlashiga sabab bo‘ldi. Vaznining to‘rtdan uch qismini yo‘qotgan erkak sevgilisidan ajralishga qaror qildi. Bu haqda “Vesti.ru” xabar beradi.
Bu haqda Meyson o‘zining Facebook’dagi sahifasida yozib qoldirdi. Uning so‘zlariga qaraganda, ortiqcha yog‘ va terini olib tashlash bo‘yicha jarrohlikdan so‘ng, unda “munosabatlarni davom ettirish uchun turtki yo‘qolgan”.
Shunga qaramasdan, britaniyalikning yozishicha, ular Rebekka bilan ajoyib do‘st bo‘lib qoladi va u hozircha ayolning Nyu-Yorkdagi uyida yashab turadi.
O‘tkazilgan barcha operatsiyalardan so‘ng, Meysonning vazni 120 kilogrammni tashkil etdi.