“Transaero” aviakompaniyasi “Aeroflot” aviatashuvchisining operativ boshqaruviga o‘tdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar beradi.
“Aeroflot” bosh direktori o‘rinbosari Dmitriy Saprikin “Transaero”ning boshqaruvchi direktorligiga tayinlandi.
Eslatib o‘tamiz, “Aeroflot” davlat kompaniyasi 1-sentabr kuni Rossiyadagi eng katta xususiy aviakompaniya — “Transaero”ning 75 foiz va yana bitta aksiyasini bir rublga sotib olmoqchi ekanligini ma’lum qilgan edi.
Izoh (0)