Misr sudi Qatarning “Al-Jazira” telekanalida ishlaydigan uch jurnalistni uch yilga ozodlikdan mahrum etish haqida hukm chiqardi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
Jinoyat ishi bo‘yicha Kanada fuqarosi Muhammad Faxmiy, avstraliyalik jurnalist Piter Grist va misrlik prodyuser Bohir Muhammad ayblandi. Ularga nisbatan e’lon qilingan ayblovlar “Al-Jazira” jurnalistlarining 2013-yilgi, prezident Muhammad Mursiyning hokimiyatdan chetlatilgan davrdagi faoliyati bilan bog‘liq.
Sudyaning qayd etishicha, mazkur jurnalistlar Misrdagi OAV xodimlari birlashmasida ro‘yxatdan o‘tmagan, maxsus xizmatlarning ruxsatnomasini olmasdan mamlakat hududiga asbob-uskunalarni olib kirgan, mehmonxonada noqonuniy ravishda translyatsiya nuqtasini o‘rnatgan. Sudyaning alohida ta’kidlashicha, sudlanuvchilar Misrdan “yolg‘on xabarlar”ni uzatgan.
Ayni vaqtda Avstraliyada bo‘lib turgan Piter Grist mazkur hukm apellyatsiya instansiyasi tomonidan bekor qilinishiga umid bildirdi.
Izoh (0)