Twitter ijtimoiy tarmog‘ining o‘zbekistonlik foydalanuvchilari #uzb24 xeshtegini jahon trendida birinchi o‘ringa olib chiqdi. Ushbu holat aks etgan skrinshotlar foydalanuvchilar tomonidan tarmoqqa chiqarilgan.
Ураааааааа! Тарихий воқеа, азизлар! Биз тарих ярата олдик! Ўзбекистон трендида пешқадам!#uzb24 pic.twitter.com/su7njBozGC
— Usmon (@Usmon_IX) August 28, 2015
Xeshteg jahon trendiga chiqqan, jumladan, ma’lum vaqt davomida jahon trendida birinchi o‘rinda ham turgan.
O‘zbekiston mustaqilligining 24 yilligiga bag‘ishlangan ijtimoiy aksiya doirasida ushbu xeshtegni trendga chiqarish bo‘yicha harakat 28-avgust kuni soat 16:00 dan boshlanishi rejalashtirilayotgan edi.
#uzb24 xeshtegi trendga chiqishi uchun Twitter foydalanuvchilari o‘z tvitlariga ushbu xeshtegni qo‘shib yozishi kerak. Xeshteg foydalanuvchilar tomonidan qancha ko‘p tvitlarda ishlatilsa – uning trendda ko‘rinishi imkoniyati shuncha oshadi.
Eslatib o‘tamiz, o‘zbekistonlik Twitter foydalanuvchilari o‘tgan yillarda ham Mustaqillik bayrami arafasida shunday xeshteglarni trendga chiqargan.
Izoh (0)