Turkiya bosh vaziri Ahmad Davuto‘g‘li 18-avgust, seshanba kuni mamlakat prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on bilan uchrashuv o‘tkazib, hukumat koalitsiyasi tuzish haqidagi muzokaralar muvaffaqiyatsiz kechganini ma’lum qildi, deb yozadi “Vedomosti”.
Muzokaralar Adolat va taraqqiyot partiyasi hamda sotsial-demokratlar bilan “Milliy harakat” o‘rtasida o‘tkazildi.
Prezident bosh vazirga 9-iyul kuni hukumat koalitsiyasini tuzish vakolatini bergan edi. Davuto‘g‘lida 23-avgustgacha vaqt bor. Agar o‘sha vaqtgacha koalitsiyaviy kabinet shakllantirilmasa, prezident muddatidan avvalgi saylovlarni e’lon qilishga majbur bo‘ladi.
Izoh (0)