Braziliyaning Salvador shahrida sport kurashlari bo‘yicha yoshlar o‘rtasida boshlangan jahon chempionatining birinchi kunidayoq o‘zbekistonlik sportchi sovrindorlar safidan o‘rin egalladi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Og‘irlik vazni 50 kilogrammgacha bo‘lgan sportchilar musobaqasida O‘zbekiston sharafini himoya qilgan Javohir Mirahmedov bronza medali sovrindori bo‘ldi.
Ushbu vazn toifasida g‘oliblik eronlik Reza Xedriga nasib etdi. Kumush medalga gruziyalik Nugzar Sursumiya sazovor bo‘lgan bo‘lsa, yana bir bronza medalini Amangali Bekbolatov (Qozog‘iston) qo‘lga kiritdi.
Eslatib o‘tamiz, 16-avgustga qadar o‘tkaziladigan mazkur jahon chempionatida O‘zbekiston sharafini jami 6 nafar sportchi himoya qilmoqda.
Izoh (0)