Tbilisida bo‘lib o‘tgan UEFA Superkubogi bahsida “Barselona” hamda “Sevilya” klublari o‘zaro kurash olib borishdi. Qiziqarli kechgan bellashuvda 5:4 hisobi qayd etilib, kataloniyaliklarning g‘alabasi bilan yakunlandi, deb xabar bermoqda “Uff.uz”.
O‘yinda to‘qqizta gol kiritildi. Muxlislar rostmana dramatik uchrashuvga guvoh bo‘ldi.
Dastlab, hisobni “Sevilya” ochdi. Oradan to‘rt daqiqa o‘tib Messi oradagi farqni yo‘qqa chiqardi. Argentinalik futbolchining o‘zi yana bitta gol urib, “Barsa”ni oldinga olib chiqdi. Rafinya va Suareslarning gollaridan so‘ng barchasi endi tugugandek edi go‘yo.
Ammo, “Sevilya” yana uchta gol urib, oradagi muvozanatni tenglashtira oldi. Reyes, Gameyro va Konoplyankalarning gollari futbolchilarni qo‘shimcha bo‘limlarga boshladi. Lekin, baribir “Barselona” o‘z so‘zini aytdi va Pedroning kiritgan goli evaziga UEFA Superkubogini qo‘lga kiritdi.
UEFA Superkubogi
“Barselona” (Ispaniya) – (Sevilya) Ispaniya 5:4 (3:1, 1:3, 0:0)
Gollar: 0:1 – 3 Banega, 1:1 – 7 Messi, 2:1 – 15 Messi, 3:1 – 44 Rafinya, 4:1 – 52 Suares, 4:2 – 57 Reyes, 4:3 – 72, penalti Gameyro, 4:4 – 81 Konoplyanka, 5:4 – 115 Pedro.
“Barselona” – ter Stegen, Pike, Mate, Dani Alves, Rakitich, Buskets, Inesta (Serji Roberto, 63), Maskerano (Pedro, 93), Rafinya (Bartra, 78), Messi, Suares.
“Sevilya” – Betu, Rami, Tremulinas, Koke, Banega, Iborra (Mariano, 80), Krixovyak, Vitolo, Kron-Deli, Reyes (Konoplyanka, 68), Gameyro (Immobile, 80).
Ogohlantirishlar: Krixovyak (14), Mate (71), Koke (88), Banega (90), Immobile (92), Pedro (94), Buskets (117), Dani Alves (120), Kron-Deli (120).
Izoh (0)