Qirg‘iziston fanlar akademiyasi seysmologiya instituti joriy yili mamlakatning barcha hududlarida zilzila xavfi oshishini taxmin qildi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmatiga tayanib, “Zakon.kz” xabar berdi.
Botken va O‘sh viloyatlarining Tojikiston hamda Xitoy bilan chegaradosh hududlarida xavf darajasi eng yuqori: bu yerlarda 7—9 balli zilzilalar ro‘y berishi mumkin. Shuningdek, sanab o‘tilgan viloyatlarning boshqa hududlari va Issiqko‘l viloyatida ham kuchli zilzilalar kutiladi.
Avgust oyidan boshlab havo haroratining o‘zgarishi, kuchli yomg‘irlar esa tog‘oldi hamda tog‘li hududlarda sel, toshqin va o‘pirishlarga sabab bo‘lishi mumkin.
Izoh (0)