Uitni Xyustonning qizi Bobbi Kristina Braun 22 yoshida AQShning Jorjiya shtatida vafot etdi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
Bobbi Kristina 31-yanvar kuni vannaxonasidan hushsiz holda topilgan edi. Politsiya ekspertlarining xulosasiga ko‘ra, u 2—5 daqiqa davomida suv tagida bo‘lgan. Tez yordam xodimlari undan suvni chiqarib tashlagan bo‘lsa-da, u koma holatidan chiqmagan. Shundan keyin shifokorlar uni tiriklikni ta’minlab turuvchi qurilmaga ulab qo‘ygan edi. Keyinchalik uning ahvoli yanada og‘irlashdi.
Eslatib o‘tamiz, koma holatida bo‘lgan Bobbi Kristina Braunning oila a’zolaridan biri uning o‘limidan oldingi suratini sotishga uringan, shuningdek, vafotidan keyingi suratini 100 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan.
Izoh (0)