“Gazprom” Stokgolm hakamlar sudiga Turkmanistonning gaz qazib chiqaruvchi va gaz taqsimlovchi “Turkmangaz” kompaniyasi ustidan shikoyat berdi va shartnoma bo‘yicha narxlar qayta ko‘rib chiqilishini talab qildi, deya xabar bermoqda “Korrespondent.net”.
2010-yilda imzolangan shartnoma bo‘yicha “Gazprom” Turkmanistonda gazning har 1000 kubometrini 240 dollardan sotib olgan. Yevropaga eksport qilinadigan gaz narxi tushishi natijasida turkman gazi uchun belgilangan narx “Gazprom”ga ma’qul kelmay qolgan.
Sotuvchi bilan kelishmagan holda konsern bir tomonlama tartibda yanvardan Yevropaga ziyonsiz eksport narxi bo‘yicha to‘lovga o‘tdi. Natijada, ekspertlar hisob-kitoblariga ko‘ra, Ashxobod yil yakunlari bo‘yicha taxminan 400 million dollar yo‘qotadi.
Izoh (0)