Bir necha yil avval, Xitoyda tartibsiz ravishda osmono‘par binolar qurilishi boshlanganidan so‘ng, tilda yangi — “mix-uy” degan atama paydo bo‘ldi, deb yozadi “Kommersant.ru”.
Bu atama bilan eski, buzib yuborilgan mavzeda joylashgan, biroq qandaydir sababga ko‘ra buzilmay qolgan, ko‘zda tutilmagan joyda qad rostlab turgan, ko‘rinishi o‘rinsiz va yangi binolar manzarasini buzayotgan “arvoh” turar-joylarga nisbatan qo‘llaniladi.
Bugun “surbet mixlar” soni butun dunyo bo‘ylab oshib bormoqda. Bunday uylarda istiqomat qilayotgan oilalar, odatda, qurilish kompaniyalari yoki mahalliy ma’muriyatlar bilan tovon puli masalasida kelisha olmay, qadrdon turar-joyni tark etishdan qat’iy bosh tortmoqda.
Quyidagi fotogalereyada Xitoyning turli shaharlarida joylashgan aynan shunday “mix-uylar” bilan tanishish mumkin.
Izoh (0)