Qirg‘iziston bosh vaziri Temir Sariyev mamlakat hukumatining “1993-yil 19-mayda Vashingtonda Qirg‘iziston va AQSh hukumatlari o‘rtasida imzolangan yordam ko‘rsatishni yengillashtirish bo‘yicha hamkorlik bitimini denonsatsiya qilish to‘g‘risida”gi qarorini imzoladi, deb xabar bermoqda Qirg‘iziston hukumati matbuot xizmati.
Ushbu qaror va “Qirg‘iziston Respublikasining xalqaro shartnomalari to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq, Bishkek bitimni 2015-yil 20-avgustdan boshlab denonsatsiya (bekor) qiladi. Qirg‘iziston TIV ushbu qaror kuchga kirgach, AQSh hukumatini tegishli tartibda ogohlantirishi lozim.
Qayd etilishicha, hujjat AQShning yordam dasturlari bilan bog‘liq har qanday mahsulot, istalgan mulk, davlat yoki xususiy tashkilot, ularning xodimlari Qirg‘izistonda barcha soliqlar, boj hamda boshqa yig‘im va to‘lovlardan ozod qilinishini ko‘zda tutar edi.
Izoh (0)