17-iyul kuni Toshkentdagi “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasida Kimyoviy, biologik, radiologik va yadroviy materiallar bilan bog‘liq xavflarni kamaytirish bo‘yicha ilg‘or tajribalar markazining Markaziy Osiyo bo‘yicha Mintaqaviy kotibiyatining ochilishi bo‘lib o‘tdi, deya xabar bermoqda “Gazeta.uz”.
Uning faoliyati jinoyat, falokat tufayli yoki tabiiy ravishda kelib chiqqan kimyoviy, biologik, radiologik va yadroviy xavflarni mukammal va muvofiqlashtirilgan siyosat olib borish yo‘li bilan kamaytirishga qaratilgan.
Ushbu maqsadlarda ilg‘or tajriba va uslublarni o‘rtoqlashish, shuningdek a’zo mamlakatlarning muayyan ehtiyojlariga e’tibor qaratish uchun salohiyat yaratiladi.
Izoh (0)