Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi 16-iyul, payshanba kuni Bishkek markazida xalqaro terrorchilik tashkilotining to‘rt nafar jangarisini yo‘q qildi, deya xabar bermoqda “Gazeta.uz” qo‘mita matbuot xizmatiga tayanib.
Qo‘mita saytida yozilishicha, jangarilar “MXDQ maxsus bo‘linmasi xodimlariga o‘qotar qurollar yordamida faol va qat’iy qurolli qarshilik” ko‘rsatgan.
Ayni paytda aksilterrorchilik operatsiyasi joyida tozalash va tergov-tezkor tadbirlari olib borilmoqda.
Operatsiya chog‘ida to‘rt nafar MXDQ xodimlari turli og‘irlikdagi jarohatlar oldi, ular tibbiyot muassasalariga yotqizildi.
Tinch aholi orasida qurbonlar va jabrlanganlar yo‘q.
Izoh (0)