AQShning San-Fransisko shahrida yashovchi yozuvchi Devid Sikorski shaurmaning meksikacha varianti – kurritoga uylangach, ko‘pchilikning diqqat markaziga tushdi, deb xabar bermoqda “Nur.kz”.
Sikorski buni do‘stlaridan qasos olish uchun qilganini ta’kidlagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, do‘stlari o‘z qayliqlari bilan tushgan suratlarni ijtimoiy tarmoqlar tasmasida ko‘raverish joniga tekkach, u ham o‘z qaylig‘ini topishga qaror qilgan. Hazil fotosessiyasini u “Yagona va haqiqiy muhabbat” deb atagan.
Sikorski o‘zining sevimli taomi bilan birgalikda San-Fransiskoning eng mashhur joylari – “Oltin darvoza” ko‘prigi, Nafis san’at saroyi va Markaziy bog‘da suratga tushgan.
Izoh (0)