“O‘zbeknavo” estrada birlashmasi xonanda Lola Yuldashevaning litsenziyasini tugatdi. Bu haqda birlashma matbuot xizmati xabar bermoqda.
Xabarda aytilishicha, xonanda Yuldasheva Lola Ravshanbekovna tomonidan Litsenziya bitimida nazarda tutilgan talab va shartlar buzilganligi sababli, xonanda nomiga berilgan litsenziyaning amal qilish muddati “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 22—24-moddalari hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 11-noyabrdagi 498-son Qarorining 1-ilovasi 35-bandiga asosan, 2015-yil 14-iyuldan tugatilgan.
Eslatib o‘tamiz, iyul oyi boshida “O‘zbeknavo” Anvar Sabirov, Tamila va Yagonaning litsenziyasini to‘xtatgan va yana 11 qo‘shiqchiga ogohlantirish bergandi.
Izoh (0)